Янгиликлар
Янгиликлар
2023-02-28
Unda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) Koreya metodologiyasi asosida Kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish boʻyicha qiymati 40 million dollardan ortiq grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Bugungi kunda bunday markazlar Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘onada faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yil aprel oyida Urganch shahrida ham markazni tashkil etish ishlarini boshlash uchun "tamal toshi" qo'yish marosimi bo'lib o'tadi. Shuningdek, kelgusida O'qituvchilar malakasini oshirish instituti va Malakani baholash markazi tashkil etiladi.
📈Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilishni tashkil etishda ijobiy dinamika qayd etildi.
❗️Joriy yilda Koreya tomoni o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga qabul qilish kvotasini 5,4 ming kishiga yetkazdi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘pdir.
O‘z navbatida, janob Kim Xi Sang Koreyada ishga joylashish uchun koreys tilini tegishli darajada biladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni davom ettirish tarafdori ekanligini bildirdi.
Bu yo‘nalishdagi hamkorlik ishlarning samaradorligi va izchilligini ta’minlash maqsadida tomonlar mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi ikki mamlakat vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladilar.