2025-yil 24-aprel kuni MTRKda bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot” 1. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimi faoliyatiga doir yangi qonunchilik hujjatlariga sharh Yaqinda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasidagi tizimli islohotlarni mustahkamlashga qaratilgan. “Aholi bandligini ta’minlash to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun hujjatlari bandlikni ta’minlashda davlatning roli, xususiy sektorni jalb etish, vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish va nodavlat bandlik xizmatlari faoliyatini tartibga solmoqda. Mehnat bozorini raqamlashtirish – fuqaro mehnat faoliyatining onlayn kuzatuvi, shartnomalarning elektron hisobini yuritish imkoniyatini yaratadi. Hokim yordamchilari faoliyatini qonuniy asosda mustahkamlash – ular orqali aholi ehtiyojlari aniqlanib, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda. 2. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi va tomorqadan unumli foydalanish Bu dastur mahalliy aholini o‘z tomorqasi, yer maydoni va mulki orqali daromad manbaini yaratishga undaydi. Asosiy yo‘nalishlar: Tomorqachilikni rivojlantirish – urug‘lik, asbob-uskunalar va kreditlar bilan ta’minlash orqali. Mahsulot yetishtirish va realizatsiya qilishda ko‘mak – hokim yordamchilari mahsulotni bozorga chiqarishda ko‘maklashmoqda. Kasbga yo‘naltirish va maslahatlar berish – agrotexnika, issiqxonachilik va chorvachilik bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda. 3. Kasb-hunarga o‘qitish ko‘nikmalari markazi faoliyati Kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: Zamonaviy kasblarga o‘qitish: sartaroshlik, tikuvchilik, elektrmontyorlik, IT va dizayn yo‘nalishlarida qisqa muddatli kurslar. Ishga joylashtirishda ko‘mak: bitiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari bilan bog‘lash, yarmarkalarda ishtirokini ta’minlash. Sertifikatlash va grantlar: muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat berilib, ayrim holatlarda tadbirkorlik boshlashi uchun grantlar ham ajratilmoqda. 4. Viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi faoliyati Ushbu markazlar orqali: Xotin-qizlar tadbirkorlikka yo‘naltirilmoqda – marketing, buxgalteriya, biznes-reja tuzish bo‘yicha bilimlar beriladi. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash – imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va grantlar orqali tadbirkorlikni boshlashga imkon yaratilmoqda. Kasbga o‘rgatish – tikuvchilik, pazandalik, go‘zallik salonlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. Bugungi kunda har bir tuman/shaҳarda o‘rtacha 200 nafarga yaqin xotin-qizlar ushbu markazlarda tahsil olayotgan bo‘lib, talab yildan yilga ortmoqda. 5. Mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi Mahalla miqyosida quyidagi faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan: Ehtiyojmand oilalar ro‘yxatini yuritish va yangilash, ular bilan individual reja asosida ishlash. Kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish – mahalla kesimida ishga muhtojlar aniqlanadi va bandlik xizmatlari orqali yo‘naltiriladi. Tomorqachilikni rivojlantirish va o‘zini o‘zi band qilish – urug‘, naslli hayvonlar, mini-loyihalar orqali aholi mustaqil daromad topishga rag‘batlantiriladi. 6. Mehnat muhofazasi, qonunchilik va shartnomalar tuzilishi So‘nggi yillarda mehnat sohasida quyidagilar amalga oshirilmoqda: Mehnat shartnomalarini elektron shaklda tuzish – bu orqali xodimlar huquqlari himoyalanmoqda. Ish joylarida mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilish – ishlab chiqarish korxonalarida muntazam tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Mehnat inspeksiyasi faoliyatini kuchaytirish – xodimlarning oyliklari, ish vaqti, dam olish huquqlari nazoratga olingan.
05-03-2025
#Jizzax_Boshqarma #Davlat_mehnat_inspeksiyasi #Munosib_mehnat_tamoyillari Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Tohir Xolboevning "Insonlarning munosib mehnat tamoyillarini ilgari so‘rish tamoyillari bilan Jizzax MTRKdan Diyor intervyusida ishtiroki @BandlikJizzax https://t.me/jiz_ish_bor
13-04-2024
Шавкат Мирзиёев маҳаллабай ишлаш тизимини янада кучайтириш юзасидан видеоселектор ўтказди
02-04-2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari aholining tomorqa yerlaridan foydalanish madaniyatini tahliliy o‘rganish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida bo‘lib turibdi. Ishchi guruh tumanning "G‘afur G‘ulom", "Bo‘ston" va "Bobur" MFYlarida bo‘lib, ishlab daromad topishni istayotgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tadbirkorlikka jalb qilish orqali har bir oilani daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish choralarini ko‘rish maqsadida xonadon egalari bilan suhbatlar olib borayapti.
28-03-2024
⚡️Ижтимоий тармоқларда давлат хизматчисини обрўсизлантириш ва уларга нисбатан туҳмат қилганлик учун қонунчиликда қандай жавобгарлик мавжуд? Бу ҳақда Адлия вазирлиги Ахборот хизмати томонидан тайёрланган видеолавҳада батафсил билиб олишингиз мумкин.
‼️Япония давлатида қишлоқ хўжалиги, қарияларни парваришлаш ва ишлаб чиқариш соҳаларида ишлаш истагидаги 30 ёшдан 50 ёшгача бўлган фуқароларни “Ишга марҳамат” мономарказларидаги япон тили курсларига таклиф қиламиз! ➡️Агар сиз ишсиз булсангиз, Ахоли бандлигига кумаклашиш марказлари йулланмаси асосида бепул ўқишингиз мумкин! Дарслар малакали мутахассислар томонидан олиб борилади ва б ой муддатда давом этади, курсларни муваффакиятли тамомлаган фукароларга N4 даражадаги сертификатни қўлга киритишга кўмаклашилади. ➡️Ўқишни якунлаб, япон тилини N4 даражада ўзлаштирганларни Ташқи меҳнат миграцияси томонидан танлов асосида ташкиллаштирилган тарзда кунчикар мамлакатга ишга юборилади.