Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇦🇪Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Al Kemzi bilan uchrashdi. Unda BAA hukumati tomonidan mamlakatimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga muntazam ravishda ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami va uning 2023-yildagi rejalari haqida fikr yuritildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda BAAning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari “Sovuq qishdan jabr ko‘rganlarga yordam” dasturi doirasida 400 ta oilaga isitish moslamalari yetkazib bergan. Shuningdek, 2022-yil fevral oyida “O‘zbekiston 2022 -yil qish mavsumi uchun tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha kompaniya” loyihasi doirasida respublikadagi ehtiyojmand oilalar uchun issiq kiyim-kechaklarning navbatdagi partiyasi taqdim etilgan edi.

error

2023-01-18