Янгиликлар
Янгиликлар
2024-10-01
017-2024-yillar davomida viloyatda jami 367 ta maktablarda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi.
Jumladan, 21 ta yangi maktablar qurildi, 196 ta maktablar binosi rekonstruksiya qilindi va 150 tasi mukammal taʼmirdan chiqarildi.
39 ta maktabga sport zallari qurib berildi. Natijada, 2 va undan yuqori koeffitsiyentda faoliyat olib borgan 42 ta maktabning koeffitsiyenti
1,2 ga tushirildi.
Shu yilning oʻzida Davlat dasturlari doirasida 29 ta umumtaʼlim maktablari, 6 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 2 ta ixtisoslashtirilgan maktabda shartnoma qiymati 90,5 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi.
Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 48 ta taʼlim muassasalarida 36,3 mlrd. soʻmlik qurilish, jihozlash ishlari amalga oshirildi.
Farzandlarimizning sifatli bilim olishlari, dars jarayonlarida zamonaviy texnika vositalaridan samarali foydalanishlari uchun 70 ta umumtaʼlim maktablariga 1190 ta kompyuter jamlamalari yetkazib berildi. Viloyatimizdagi 558 ta maktablarga doimiy internet tarmoqlari ulangan.