Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas:

error

2024-03-29

Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim;

ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati mehnat jarayonida sog‘lig‘iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlar uchun belgilanadi;

Shuningdek, yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun ham (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmasligi kerak. 

Muayyan kalendar davri mobaynida ish vaqtining taqsimlanishi ish vaqti rejimidir.

Ish vaqtining rejimi ichki mehnat tartib qoidalari, smenalarga bo‘linib ishlash jadvallari, boshqa ichki hujjatlar va ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi. Unda xodim uchun yuqoridagi hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy ish vaqti rejimidan farq qiladigan shaxsiy ish vaqti rejimini belgilash nazarda tutilishi mumkin.

Ichki mehnat tartibi qoidalari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.