Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vitse prezidenti Kim Sung Je bilan hamkorlikni kengaytirish bo'yicha uchrashuv o'tkazildi.

error

2024-03-28

Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari O'zbekistondan E-9 vizasi asosida kirib borayotgan ishchilar kvotasini oshirish yuzasidan taklif bildirdi.

Koreya tomoni so'nggi vaqtda E-9 vizasi asosida O'zbekistondan kelayotgan fuqarolarning kirib kelganidan ko'p vaqt o'tmay mehnat shartnomasini bekor qilish va ish o'zgartirish holatlari ortib borayotgani ish beruvchilarning fuqarolarimizga bo'lgan talab va ishonchi kamayayotganini ta'kidladi.

Tomonlar bugungi kunda koreys ish beruvchilari hamda E-9 vizasi asosida ishlayotgan fuqarolarimizning mehnat jarayoniga doir o'z yechimini kutayotgan masalalarni atroflicha muhokama qildi.