Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Mehnat kodeksining 333-moddasiga (https://lex.uz/docs/-6257288#-6265195) ko‘ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini

error

2024-03-28

Mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart. Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi. Xodimga to‘lanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. Mazkur pulli kompensatsiyani to‘lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning kechiktirilishida aybi bor-yo‘qligidan qat’i nazar yuzaga keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi 2023-yil 17-martdan hozirgi kunga qadar 14 foiz bo‘lib, ya’ni ish haqi kechiktirilgan kun uchun pullik kompensatsiya miqdori 1,4 foizni tashkil etadi.
Masalan, xodimning ish haqi, ta’til to‘lovlari, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlar va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar jami miqdori 5 mln. so‘m.
Ushbu summani 1,4 foizi 70 ming so‘m bo‘ladi. 
Ish beruvchi 10 kunga ish haqi va boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini kechiktirsa, shu kunlar uchun 700 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘laydi .