Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Jizzax shahrida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmakasi bo‘lib o‘tdi.

error

2023-05-26

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Jizzax shahar bo‘limi tomonidan Jizzax shahridagi Ishga marhamat monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada 63 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 1230 ta bo‘sh ish o‘rinlari xamda kvotalangan ish o‘rinlari bilan hamda shaxar xududida joylashgan ishlab chiqarish qo‘shma korxonalari va milliy xunarmandlar o‘zlarining ishlab chiqarilayotgan maxsulotlari bilan qatnashishdi.

Bundan tashqari yarmarkada tijorat banklari tomonidan ishsiz xamda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga imtiyozli kreditlar bo‘yicha xuquqiyi maslaxatlar berildi.

Yarmarkada maxallardagi ishsiz fuqarolar, probatsiyada ro‘yxatda  turgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar xamda ishsiz yoshlar qatnashishdi.

Shulardan 14 nafariga o‘zlari tanlagan bo‘sh ish o‘rinlariga 8 nafariga kasb xunarga o‘qishlari uchun Ishga marxamat monomarkaziga xamda 3 nafariga xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘llanmalar berildi.