Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Xalqaro_hamkorlik Germaniya.

error

2023-02-28


Ayni kunlarda Germaniya Federativ Respublikasida Germaniya-O'zbekiston Ishbilarmonlar Kengashining yettinchi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilish doirasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Erfurt kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va vazirlik hamda Erfurt kasb-hunar markazi hamkorligida O'zbekiston-Germaniya kasb-hunar taʼlim markazini tashkil etish boʻyicha Yo'l xaritasi  imzolandi.


Kunning ikkinchi yarmida Tyuringiya federal hududining iqtisodiy rivojlanish agentligi hamda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan xorijiy mutaxassislarni ishga jalb qiluvchi agentlik va tashkilotlar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda mamlakatimiz mehnat bozori  shuningdek, fuqarolarni  xavfsiz, qonuniy, tartibli va tashkillashtirilgan holda  mehnat migratsiyasiga yuborish masalalari yuzasidan taqdimot o'tkazildi.