Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

D A ‘ V O A R I Z A S I

error

2025-11-26

(Ish haqlarini undirish haqida)

 

Andijon viloyati Izboskan tumani “G‘alaba” MFY A.Qodiriy ko‘chasi
2/3-uyda yashovchi fuqaro B.Karimov va boshqalarning "BASTION" kanaliga murojaat yo‘llab, o‘z murojaatida bundan taxminan 40 kun avval Jizzax shahar 3.1 mittitumanda aholi yashash domlarida tashqi fasad ishlarini qilganliklarini, turli viloyatlardan 100 ga yaqin ustalar kelganligini, hozirda boshqaruv kompaniyasi rahbari D.Hamzaeva tomonidan ish xaqlari berilmayotganligidan norozi bo‘lib, ish haqlarini undirishda amaliy yordam berishlikni so‘ragan.

Murojaat Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi va murojaatni hal etish va fuqarolar manfaatiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo tumanlararo sudiga davo arizasi kiritildi.

Jizzax shahar “Ittifoq” MFYda tashkil qilingan “Ittifoq Istiqlol sari” MChJga qarashli 58-ta ko‘p qavatli uylarni tashqi fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash uchun bugungi kunga qadar 6 795.3 mln. so‘m ajratilganligi, Andijon viloyatidan bir guruh ishchilar tomonidan (ishchilar sonini aniqlashning imkoni bo‘lmadi) Jizzax shahar “Ittifoq” MFY xududidagi ko‘p qavatli uylarni tashqi fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash ishlarini bajarganligi, “Ittifoq Istiqlol sari” MChJ rahbari D.Xamzaeva o‘zaro og‘zaki kelishuv asosida ishlatganligi, kelishuvga ko‘ra belgilangan ishlarni ishchilar ishlarni to‘liq yakunlamaganligi sababli ularning ish xaqlari berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 244-moddasiga muvofiqish beruvchining o‘z moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyati mustahkamlab qo‘yilgan.

          Fuqarolik protsessual Kodeksining 48-moddasi va Mehnat Kodeksining 559-moddasida huquq bo‘yicha mehnat inspektori mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi, shuningdek huquq bo‘yicha mehnat inspektori xodimlar manfaatida umumiy yurisdiksiya sudlariga da’vo arizalarni kiritish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.

Mexnat Kodeksining 559-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunining 4-moddasi birinchi kismining “a” bandida) mehnat nizolar bo‘yicha da’vo arizalari kiritilganda davlat boji to‘lanmasligi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksining 149, 151, 203, 206, 219, 220-moddalarini qo‘llab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudidan fuqaro B.Karimovning “Ittifoq Istiqlol sari” MChJ dan 350.000.000 (uch yuz ellik million) so‘m miqdordagi shu kunga qadar berilmasdan ish haqlarini undirib berilishida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo tumanlararo sudiga davo arizasi kiritildi.