Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-10
Yangiobod tumanida aholi daromadlarini oshirish va oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasida bir qator yo'nalishlarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda mazkur sohada belgilangan vazifalar doirasida Yangiobod tumanida bo'lib turgan Respublika ishchi guruhi a'zolari Shodlik mahallasidagi Xolbekov Ikrom xonadonida bo'lishdi.
Ushbu fuqaro xonadonida parrandachilik yo'nalishida oilaviy tadbirkorlik tashkil etilib, 300 dona tuxum yo'nalishidagi zotli tovuqlar parvarish qilinmoqda.
Mazkur tadbirkorlik faoliyati ortidan har oyda o'rtacha 9 mln so'mdan ortiq daromad qilinib, shu bilan birga ushbu oilaning ikki nafar a'zosining bandligi ta'minlangan.
Jizzax viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing