Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Nima uchun majburiy sug‘urta talab qilinadi?

error

2024-11-13

“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida, shuningdek, Mehnat kodeksining 25-moddasida ish beruvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati ko‘rsatilgan.…

 Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lib qolsa, kasb kasalligiga chalinsa yoki vafot etsa va shunga o‘xshash holatlar kuzatilsa, xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar sug‘urta polisi orqali qoplanadi. Xodim mehnat vazifasini bajarish bilan bog‘liq holda vafot etsa uning boquvchisini yuqotgan shaxslariga xodimning o‘rtacha olti yillik ish xaqqi miqdorida bir yo‘la tovon puli shuningdek, voyaga yetmagan farzandlariga hamda mehnatga layoqatsiz ota-onalariga xodimning o‘rtacha oylik ish xaqqidan kelib chiqqan xolda xar oylik zarar pullari to‘lab beriladi. Agarda ish beruvchi xodimlarni mehnat vazifasini byuajarish bilan bog‘liq xoldagi baxtsiz xodisalardan sug‘urta qilmagan bo‘lsa, yuqoridagi to‘lovlar ish beruvchi tomonidan to‘lab beriladi. 

Sug‘urta qilmaslik - ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 49²-moddasiga asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, ya’ni hozirgi kunda 5 625 000 so‘mgacha, bir yil davomida takroran sodir etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, ya’ni 11 250 000 so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilinmaganligi ersp.e-osgo.uz orqali aniqlangan taqdirda, ish beruvchiga ma’muriy jarima qo‘llaniladi.