Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

XITOY MENING NIGOHIMDA.

error

2024-11-12

So‘nggi yillarda XXR iqtisodiyotining barcha jabhalarida barqaror yuksalish kuzatilmoqda, shuningdek, uning barcha muhim global va mintaqaviy jarayonlardagi roli kuchaymoqda, bugun bu yurtda erishilayotgan yutuqlar butun dunyoning diqqat markazida. Albatta bir davlat tarif berishdan avval uning bugungi kundagi qonunchiligi, demografiyasi, tarixi, infratuzilmalari va albatta tarixiga to'xtalib o'tish joiz deb hisoblayman. Jumladan, Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 — 中华人民共和国 — Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat bo'lib, dunyoda aholisi eng koʻp va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri hisoblanadi. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 milliard 425 million kishi (2024). Poytaxti — Pekin shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rayon va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95 % xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat.

Shuningdek, XXR asosan, moʻtadil va subtropik mintaqalarda (janubiy qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan bo’lib, 2 ta yirik Shandum va Lyaodun yarim orollarini o’z ichiga olgan. 

Xitoyda foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanes, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor.

Xitoy iqlimi gʻarbda kontinental, sharqda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo temperaturasining farqi juda katta.  

Xitoyda daryolar koʻp bo’lib, mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yirik daryolari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Chjutszyan.   

Xitoy — industrialagrar mamlakat. 1949-yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqdi. Iqtisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10 %, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30 % ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi xalq boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49 %, qishloq xoʻjaliginiki 19 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32 %ni tashkil etgan. Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan — toʻqimachilik, oziqovqat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi — koʻmir. Shuningdek Xitoy badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10 %) ishlanadi, 49 % sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18 % ga texnika ekinlari ekiladi. 

Mamlakatda transport yoʻli transportning asosiy turi. Ularning uzunligi 73 ming km. Xitoyning sharqiy portlari temir yoʻl orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. 

Bugungi kunda Xitoy chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. 

Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy ko'rsatkichlari juda yuqorilab, dunyo reytenglarida peshqadamlardan biri deyish mumkin. Hozirda Xitoy hukumati soliq islohotlari orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. 2018 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi pasaytirildi.

Ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalari uchun 17 foizdan 16 foizga, boshqa tarmoqlar-qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi va telekommunikatsiya tarmoqlarida esa 11 foizdan 10 foizga kamaydi.  

Hozirgi vaqtda kichik va o‘rta korxonalar mamlakatdagi korxonalar umumiy sonining 90 foizini, yalpi ichki mahsulotning 60 foizdan ortig‘ini va ishchilarning 80 foizga yaqinini tashkil etadi.

Ayniqsa davlatning qashshoqlikka qarshi siyosatining yuritilishi taxsinga sazovodir.1978 yildan beri Xitoy qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni besh bosqichda amalga oshirmoqda.

Birinchi bosqich (1978-1985 yillar) - qishloq joylarda dehqonlarga mustaqil ravishda ekin tanlash va o‘zlashtirish imkoniyati berildi. 

Yetishtirilgan mahsulotlarni davlat tomonidan kafolatlangan narxlarda harid qilish ta’minlandi.

Natijada qishloq joylarda aholi jon boshiga real daromadlar shu davrda 169 foizga oshdi. 

Ikkinchi bosqichda (1986-1993)-nisbatan kam rivojlangan 332 ta qashshoqlik darajasi va muammolari yuqori bo‘lgan chegaradosh hududlar tanlab olindi va rivojlanish dasturlari amalga oshirildi.

Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini davlat tomonidan qisman qoplash bilan kreditlar bilan ta’minlash.

Mintaqada zarur infratuzilmani rivojlantirish, kam ta’minlangan hududlarga davlat budjetidan subsidiyalar ajratish.

Uchinchi bosqichda (1994-2000) qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirildi, rivojlanmagan hududlar soni 592 taga ko‘paytirildi va ularni qoloqlikdan chiqarish uchun qirg‘oq bo‘yi shaharlariga biriktirildi.

Bu bosqichga quyidagilar kiradi: aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yer sifatini yaxshilash, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, yangi maktablar va shifoxonalar qurish, vazirlik va idoralar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar faoliyatini jonlantirish.

To‘rtinchi bosqichda (2001-2010) - viloyat, tuman va qishloq miqyosida kambag‘allikni kamaytirishga o‘tish. 592 tuman saqlanib qolgan, ularda 150 ming kambag‘al qishloqlar bo‘lgan.

Bu davrda qishloqni kompleks rivojlantirish dasturi, kasb-hunarga o‘rgatish va mehnat resurslarining ichki migratsiyasi, kam ta’minlangan oilalarni ish bilan ta’minlash uchun viloyatlarda sanoatni rivojlantirish kabi uchta yo‘nalishga e’tibor qaratildi.

Beshinchi bosqichda (2011-2020) qashshoqlik chegarasi aholi jon boshiga 2300 yuan etib belgilandi. Kambag‘allikni qisqartirishning maqsadli strategiyalari quyidagi milliy hunarmandchilik va turizmni rivojlantirish hisobiga aholi bandligini oshirish, kam ta’minlangan aholini qiyin hududlardan ko‘chirish va ular uchun ish o‘rinlari va o‘zini-o‘zi rivojlantirish uchun sharoit yaratish va boshqa bir qator dasturlarni o‘z ichiga olgan.

2015 yilda qashshoqlikni kamaytirish maqsadida Xitoy hukumati “Ikki ehtiyoj, “uchta kafolat” strategiyasini ham amalga oshirdi.  

“Ikki ehtiyoj”: mamlakat aholisini ikkita muhim omil; 

1) oziq-ovqat, 2) kiyim-kechak bilan ta’minlash.

Mintaqada zarur infratuzilmani rivojlantirish, kam ta’minlangan hududlarga davlat budjetidan subsidiyalar ajratish.

 “Uch kafolat”: aholini ijtimoiy himoya qilishning uchta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha davlat kafolati: 1) majburiy va sifatli o‘rta aholining barcha qatlamlari uchun ta’lim, 2) sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish, 3) kam ta’minlanganlarni ta’minlash.

Ushbu dastur maqsadli, garov o‘tkazish va qashshoqlikni aniqlash orqali amalga oshirildi. 

Ro‘yxatdan o‘tgan har bir qishloq, uy xo‘jaligi va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab oluvchi milliy raqamli ma’lumotlar bazasi ishga tushirildi bu nafaqat kambag‘allik ta’rifining to‘g‘riligini ta’minlaydi, balki tizimda ishtirok etuvchilar uchun qashshoqlik sabablarini aniqlashga yordam beradi.Mamlakatda kam ta’minlangan aholining asosiy qismi qishloqlarda istiqomat qilishini hisobga olib, hukumat qishloqlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor berdi .

Qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan barcha siyosatlar natijasida qashshoqlik darajasi 1981 yildagi 90% dan 2016 yilga kelib 4% dan kamroqgacha va bugungi kunga kelib 1,7% gacha kamaygan. Men semenar davomida shunga amin bo’ldimki, mamlakatda qishloq xo'jalik maxsulotlarini yetishtirish va ularni bugungi kundagi bozorlarda rivojlangan texnologiyalar va maxsus dasturlar orqali sotish tizimi juda mulammal ishlab chiqganligiga yana bir bor amin boldim. Shuningdek, tashlik etilgan qishloq xo'jalik kooperatsiyalarining ish olib borish tartibi va tajribasi asosida ish olib borilsa, albatta bizning mamlakatimizda kambag'allik darajasini bir muncha kamayishida salmoqli natijalarga erishish mumkinligini shohid bo'ldim. Umuman olganda Xitoy davlatidan juda katta ta'surotlar va bilimlarni oldim va ushbu bilim va tajribalarni o'zim faoliyat yuritayotgan hududda targ'ib qilib yaxshi natilarga erishaman.

Bugungni kunda ushbu tajribalardan olingan bilim va ko‘nikmalarga asosan tumanda olib borilgan ishlar natijasida Kambag‘allik darajasi 17.3 foizdan 7.8 foizga tushirilishiga erishildi.

 

 

 

 

D.Rashidov 12.11.2024