Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Eslatma

error

2024-10-02

Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga!

 Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish maqsadida 2024-yil 8-12-avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tgan edi. (https://t.me/migratsiyaagentligi/15263)

🗓Ushbu nomzodlar uchun EPS-Topik testi 3-4 va 7-8-oktabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

📍Imtihon manzili: Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy.

👉 Lokatsiya (https://yandex.com/maps/-/CDukbFZh)

 (https://www.google.com/maps/place/41%C2%B012'27.8%22N+69%C2%B012'46.4%22E/@41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878)📝 Nomzodlar ro'yxati (https://xorijdaish.uz/exams/74)

 (https://labormigration.uz/statics/show/36)Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1. xorijga chiqish pasporti;

2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli va rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.

2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.

3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi.

4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.

5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.

❗️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami