Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-17
Sh.Rashidov tumani "Elita urug‘chilik" F/X, va "Agro golding angel" fermer xo‘jaligi yerlarida “Tuyoqli” MFYdan jami 25 nafar, "Madaniyat” MFYdan jami 35 nafar uyushmagan aholi tomonidan paxta yig‘im-terim ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu yig‘im –terim ishlari vaqtida majburiy mehnatni oldini olish va bunga olib keluvchi omillarni oldindan bartaraf etish maqsadida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi **Davlat mehnat inspeksiyasi** inspektorlari tomonidan terimchilar bilan mavsum davomida **majburiy mexnat** hamda **bolalar mehnatiga** yo‘l qo‘ymaslik va terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Jizzax viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing