Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Jizzaxda "Central  Asia – 2024: fan,ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari " XVII Xalqaro konferensiyasi start oldi

error

2024-05-16

XVII xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, nashriyotlar faoliyatini yoritish maqsadida TARIXIY PLAKATLARdan iborat "Kitobxonlik tariximiz, kitobxonlik bugunimiz, kitobxonlik kelajagimiz" mavzusida ko‘rgazma tashkil qilindi.

Tarixiy manba sifatida alohida o‘rin tutuvchi shedevr ekspozitsiyalar insoniyatning ulkan ma’naviy boyligi, taraqqiyot garovi sifatida tan olingan.

 Kitob - Tafakkur, aql-zakovat xazinasi. Agar kitob kashf qilinmaganida edi, odamzod tamaddunining hozirgi bosqichiga yetib kelmagan bo‘lardi.

Ko‘rgazmani tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad kitob san’ati, qo‘lyozmadan bosma kitoblar shakligacha mashaqqatlar bilan shakllanganligi, ulkan yo‘lini bosib o‘tganligini ko‘rsatishdir.