Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Lider tadbirkorlar tajribasi: mehnat va daromad

error

2024-04-24

💎 Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahallasi drayveri parrandachilik, ko'chat va qo'ziqorin yetishtirish hisoblanadi. Qo'ziqorin yetishtirish bo'yicha Toshkent viloyatidan tajribaga ega lider tadbirkorlar jalb qilinib, aholiga zarur ko'nikmalarni o'rgatishmoqda.

💎 Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan aholini maqsadli daromadlar bilan taʼminlash boʻyicha hududlarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

💎 Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fargʻona viloyati Quva tumanidan manzarali koʻchatlar keltirilib, aholiga tarqatilmoqda. Bu borada farg'onalik lider tadbirkorlar o'z tajribalarini mahalla ahli bilan o'rtoqlashmoqda.

💎 Mazkur ko'chatlar ayni paytda aholiga 2500 so'mdan tarqatilmoqda. Qishda esa ularni parvarishlagan tadbirkorlar har bir ko'chatni 20 000 so'mdan sotib, daromad topishlari mumkin.