Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Xorijda ish - mahalladan” yohud xorijdan qaytganga ish mahallada

error

2024-04-22

Prezidentimizning yaqinda e’lon qilingan PF-59-son Farmoni bilan xorijda vaqtincha ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni chet-el davlatlarga xavfsiz yuborish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilab berilgan. 

Farmonning joylardagi ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va tizim tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari bugun 22-aprel kuni Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida bo’lib, xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘rgatish, aholi va ish beruvchilarning talablari asosida mutaxassis tayyorlash maqsadida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuvda qonuniy, tartibli tarzda xorijga vaqtincha yuborish, sohadagi yangiliklar va joylarda ishni to‘g‘ri tashkil qilishga qaratilgan  seminar o‘tkazildi.