Yangiliklar
Yangiliklar
2024-03-27
✅ xonadonbay soʻrovnoma asosida xorijda boʻlib turgan va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari hamda ularning oila aʼzolarining ehtiyojlarini aniqlaydi - ularga hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishda hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda amaliy yordam koʻrsatadi;
✅ oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida ishsiz va yordamga muhtoj mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari toʻgʻrisida maʼlumotlarni “onlayn mahalla” platformasiga kiritadi;
✅kredit olmoqchi boʻlgan fuqaroning mehnat migratsiyasidan qaytganligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “labor-migration” dasturiy majmuasida qayd etilgan maʼlumotlar asosida taqdim etiladigan tasdiqnoma bilan tasdiqlanadi;
✅ dastur doirasida 33 million soʻmgacha ajratilayotgan kredit mablagʻlari mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan garov taʼminotisiz ajratiladi;
✅ tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorida subsidiya ajratiladi.
❗️Subsidiya turidan foydalanmoqchi boʻlganlar tavsiya berishni soʻrab oʻzining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yozma yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.