Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Jizzax viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.10.2022 yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

error

2023-09-19

Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Soatov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur qaror mazmun mohiyati va boshqarmaning tasdiqlangan ichki tartib qoidalari yana bir bor tizim xodimlariga tushuntirib o‘tildi.

Davlat xizmatchilarining ishda va ishdan tashqari vaqtlarda obob-axloq qoidalariga rioya etishlari va o‘zlarini tutishlarida kerakli tafsiyalari berildi.

Yig‘ilish so‘ngida bosh boshqarmada odob-axloq komissiyasi a’zolari qayta ko‘rib chiqilib, komissiya a’zolari tarkibiga yangi nomzodlar taklif etildi va boshqarma xodimlari tomonidan bir ovozda saylab olindi.